Termiz shahar jamoat transportida to‘lov vositasi sifatida jetonlar joriy etildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyatda avtotransport faoliyatini muvofiqlashtiruvchi “Surxondaryotrans-markazi” mutasaddilari ma’lum qildi.
Joriy yil 1-apreldan avtobuslarda yo‘l haqi to‘lashda plastik kartochkalar orqali sotib olinadigan jetonlar ham to‘lov vositasi sifatida qabul qilinadi.
Buning uchun joylarda “Avtobus jetonlari” deb nomlangan maxsus shoxobchalar tashkil etilib, ular aholiga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va to‘lov terminallari bilan ta’minlandi.
Izoh (0)