2017-yilning 29-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Parij shahrida Markaziy Osiyoning besh davlati va Fransiya tashqi ishlar idoralari rahbarlari uchrashuvida ishtirok etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat davomida turli sohalardagi o‘zaro hamkorlik istiqbollari va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv doirasida Fransiyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlari tarixiga bag‘ishlangan arxiv hujjatlar ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)