2017-yil 28-mart kuni Toshkent shahrida ochilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisida senatorlar “Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik institutini ta’sis etish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqdi va ma’qulladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Hujjat 2016-yil 26-oktabr kuni Pokistonning Islomobod shahrida imzolangan edi.
UzDaily yozishicha, bitim Afg‘oniston, Ozarbayjon, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida tuzilgan.
Institutni yaratishdan ko‘zlangan maqsad Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligi sifatini samarali mintaqaviy hamkorlik uchun salohiyatni rivojlantirish va bilimlar yaratish hisobiga oshirishdan iborat.
Izoh (0)