O‘zbekistonning Unison Group kompaniyasi Qozog‘istonning Agro Max Astana, “Darjan Grupp” va boshqa qator savdo majmualari bilan konservalangan o‘zbek palovi yetkazib berish bo‘yicha qariyb 1 million dollarlik shartnoma imzoladi.
“Xalq so‘zi”ning kompaniya rahbari Rumiya Abaydulinaga asoslanib xabar berishicha, O‘zbekiston Milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi konservalangan palov reklamasini ta’minlash bilan bir qatorda uning eksportini amalga oshirish uchun 250 million so‘m miqdorida foizsiz moliyaviy ko‘mak ko‘rsatgan.
“Bu mahsulotlarimizni xorijiy hamkorlarimizga tez va sifatli yetkazib berishga hamda ular bilan hamkorligimizni yanada kuchaytirishga zamin yaratmoqda. Mahsulotimizga Qozog‘istonning qator savdo korxonalari tomonidan talab tobora ortib bormoqda”, — deydi Abaydulina xonim.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)