• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Senatorlar O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritdi

    2017-yil 28-mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi ochildi. Majlisda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a’zolari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Senatorlar ishni “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqishdan boshladilar. Mamlakatning Asosiy qonuniga tuzatishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga hamda 2017-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq kiritilmoqda.

    Muhokama chog‘ida senatorlar ta’kidlaganlaridek, qonun 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalarni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan prinsipial qoidalardan iborat bo‘lib, ularda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirish, odil sudlovga erishish darajasini, sud ish yurituvining samaradorligi va sifatini oshirish, nomzodlarni tanlash va sudyalar lavozimlariga tayinlash tizimini yanada takomillashtirish sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlarning muhim yo‘nalishlari sifatida mustahkamlab qo‘yilgan.

    Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80, 81, 83, 93, 107, 110, 112-moddalariga tegishli o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilmoqda. Ushbu tuzatishlarga muvofiq Oliy xo‘jalik sudi va Oliy sud fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ishi yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organiga – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga birlashtirilmoqda.

    Qonunni muhokama qilish davomida senatorlar tomonidan qayd etilganidek, sud hokimiyatining oliy organi ikkita ekanligi, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudining mavjudligi, avvalambor, sud tizimini boshqarish funksiyalarining takrorlanishiga sabab bo‘layotgan edi, amaldagi tuzilma yagona sud amaliyotini, xizmat vazifalarining oqilona taqsimlanishini ta’minlab bermayotgan edi.

    Majlisda ta’kidlanganidek, qabul qilingan konstitutsiyaviy o‘zgartishlar mamlakatda sud tizimini yanada chuqur isloh qilish, demokratlashtirish, odil sudlovning samaradorligini oshirish uchun asos yaratadi.

    Mazkur konstitutsiyaviy tuzatishlarga muvofiq sud tizimida iqtisodiy va ma’muriy sudlar tuzilmoqda. Senatorlar qayd etganlaridek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtisodiy, ma’muriy sudlarini, shuningdek, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarini hamda tuman, shahar ma’muriy sudlarini tashkil etishni nazarda tutuvchi ushbu konstitutsiyaviy o‘zgartishlar mamlakatda olib borilayotgan ma’muriy, iqtisodiy, bozor islohotlarini sud-huquqiy jihatdan ta’minlash samaradorligini oshirishning, xususiy mulk huquqini, tadbirkorlik faoliyatini sudda ishonchli himoya qilishning muhim omiliga aylanadi. Jumladan, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizolarni, shu jumladan, davlat organlarining harakatlariga yoki harakatsizligiga, qarorlari ustidan fuqarolarning, tadbirkorlik subyektlarining bergan shikoyatlarini va murojaatlarini ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan turli darajadagi ma’muriy sudlarning tuzilishi insonlarning, yuridik shaxslarning qonuniy huquqlarini va erkinliklarini, manfaatlarini sudda himoya qilish samaradorligini tubdan oshiradi.

    Asosiy qonunga kiritilayotgan o‘zgartishlarga muvofiq sud-huquq tizimida yangi institut – O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi joriy etilmoqda. Bu Kengash avval amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasini almashtirishi lozim. Majlis davomida ta’kidlanganidek, mazkur komissiya zarur konstitutsiyaviy maqomga, yetarlicha vakolatlarga ega bo‘lmagan, bu esa amaldagi sudyalar korpusini shakllantirish ishlarining samaradorligiga ta’sir ko‘rsatgan.

    Sudyalar oliy kengashi tuzilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 111-moddasining yangi tahririda Sudyalar oliy kengashining konstitutsiyaviy maqomi aniq mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining organi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi sud hokimiyati mustaqilligi haqidagi konstitutsiyaviy prinsipga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashishi belgilab qo‘yilmoqda. Kengash raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan tayinlanishi (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 80-moddasining 4-bandi), Sudyalar oliy kengashi a’zolari qonunga muvofiq davlat rahbari tomonidan tasdiqlanishi belgilab qo‘yilmoqda.

    Konstitutsiya Sudyalar oliy kengashiga keng vakolatlar beradi. Konstitutsiya 93-moddasi birinchi qismi 14-bandining yangi tahririga muvofiq Prezident O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi taqdimnomasiga binoan viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari va rais o‘rinbosarlarini, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisini lavozimga tayinlaydi hamda lavozimidan ozod qiladi.

    Ayni paytda Kengash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda harbiy sudlar, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyalarini, tumanlararo, tuman, shahar sudlari raislarini hamda sudyalarini mustaqil ravishda lavozimga tayinlaydi hamda lavozimidan ozod qiladi. Shuni qayd etish kerakki, avval sudyalarning bu toifalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanar edi.

    Senatorlar qayd etganlaridek, Konstitutsiyaga sud hokimiyatining faoliyatini tubdan yaxshilashga, nufuzini oshirishga, sudlar tuzilishini takomillashtirishga hamda sudyalarni tanlash va lavozimlarga tayinlash tizimini demokratlashtirishga qaratilgan ushbu va bir qator boshqa o‘zgartish hamda qo‘shimchalarning kiritilishi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlari sudda ishonchli himoya qilinishini ta’minlashning, mamlakatda qonun ustuvorligini, qonuniylikni mustahkamlashning muhim omiliga aylanadi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

    Shuningdek, senatorlar “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini, “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Xo‘jalik protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqdi va ma’qulladi.

    29.03.2017, 09:10   Izoh (0)   19357
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Artel savdo belgisi kafolat shartlarini o‘zgartirdi

    29.03.2017, 08:56

    Urganchda sportchi qizlarga Prezident sovg‘alari topshirildi

    28.03.2017, 23:11

    O‘zbekiston kompaniyasi Qozog‘istonga 1 mln dollarlik palov yetkazib beradi

    28.03.2017, 22:50

    “Gazprom” 2017-yilda O‘zbekistondan 5 mlrd kubometr gaz sotib oladi

    28.03.2017, 22:40

    O‘zbekiston va Rossiya “o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiquvchi” hujjatlarni imzolamoqchi

    28.03.2017, 22:30

    O‘zbekiston Senati Rossiya bilan harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi

    28.03.2017, 22:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Botafogo”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 28 iyun, 23:48

    Kolumbiyada ko‘chki sabab halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 23:10

    Iyul oyining ilk kunlarida havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 22:45

    Superliga. “Qizilqum” so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

    Sport | 28 iyun, 22:41

    Ukraina: Odessada qurbonlar soni 14 nafarga yetdi

    Dunyo | 28 iyun, 22:20

    Italiyaning ko‘plab shaharlarida jazirama sabab “qizil” ogohlantirish e’lon qilindi

    Dunyo | 28 iyun, 21:55

    30 dan ortiq dron urib tushirildi — Rossiya Mudofaa vazirligi

    Dunyo | 28 iyun, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.