Samarqandda 27-mart sanasidan buyon Isroil hujjatli filmlari namoyishi davom etmoqda. Bu haqda Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi bergan ma’lumotga asoslanib, UzDaily xabar qildi.
Elchixonaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 27—29-mart kunlari soat 15:00 da Alisher Navoiy nomli kinoteatrda Isroil hujjatli filmlari namoyish etiladi.
Samarqand shahri aholisi va mehmonlari “Ahmoqona orzu” (27-mart), “Albom 61” (28-mart), va “Fotonovella” (29-mart) filmlarini tomosha qilishi mumkin.
Tomoshabinlar filmlar bilan bir qatorda “Isroil bolalar adabiyotida bezaklar taraqqiyoti tarixi” nomli ko‘rgazma bilan ham tanishishi mumkin.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)