Rossiya Mudofaa vazirligi vakili general-mayor Igor Konashenkov Rossiya BMT tomonidan terroristik deb topilgan tashkilotlarni, shuningdek, “Tolibon”ni qurol bilan ta’minlamasligini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS”ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Amerika davlat idoralaridan farqli o‘laroq, Rossiya Mudofaa vazirligining BMT tomonidan terroristik deb topilgan tashkilotlarga qurol yetkazib berish bo‘yicha aloqasi bo‘lmagan, bo‘lmaydi ham”, — deydi Konashenkov.
Avvalroq NATOning Yevropadagi qo‘mondoni AQSh armiyasi generali Kyortis Skaparotti Rossiyani Afg‘onistondagi “Tolibon” radikal harakatiga yordam berishda ayblagan edi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)