Shimoliy Koreya 24-mart, juma kuni qit’alararo ballistik raketada qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan dvigatelning navbatdagi sinovini o‘tkazdi. Bu haqda AQSh qurolli kuchlaridagi manbaga tayanib, CNN ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Telekanalga ko‘ra, mazkur sinov oxirgi haftalar mobaynidagi uchinchi shunday urinish hisoblanadi.
19-mart kuni Soxe kosmodromida yangi raketa dvigateli sinovi o‘tkazilgan, shundan so‘ng KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakat xorij texnologiyalariga muhtoj emasligini bildirgandi.
22-mart kuni Pxenyan Janubiy Koreya harbiylari tomonidan “muvaffaqiyatsiz” deb baholangan navbatdagi sinovni amalga oshirdi.
Izoh (0)