Koreya Respublikasi prokuraturasi sudga rasmiy so‘rov jo‘natib, mamlakat sobiq prezidenti Pak Kin Xeni hibsga olish uchun order so‘radi, deb yozadi “TASS”.
“Shu paytgacha ko‘plab dalillar yig‘ilgan edi, ammo gumonlanuvchi ko‘pchilik ayblovlarni rad etayotganiga qaraganda, u qaysidir dalillarni yo‘q qilgan bo‘lishi mumkin, — deyiladi prokuratura arizasida. — Uning hibsga olinishiga erishmaslik adolatsizlik bo‘ladi, chunki uning sherigi Chxve Sun Sil, uning ko‘rsatmalariga amal qilgan mansabdorlar va pora berganlar — barchasi qo‘lga olindi”.
Izoh (0)