Aktrisa Nargiza Salmonova jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda noodatiy sevgi izhori yo‘llagan muxlislari haqida so‘zlab berdi. Xususan, ana shunday sevgi izhorlaridan biri uni biroz tushkun ahvolga solib qo‘yganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Darakchi.uz”.
Uning yozishicha, u juda ham ashaddiy muxlisim emish va hatto meni deb oilasi bilan ajrashibdi. “Sevgini chiqarganga ming lan’at”, deb ham yozdi. Men ijtimoiy tarmoqlar orqali yozilgan bu sevgi izhoridan biroz tushkunlikka tushdim.“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!Internetda hamma narsa bo‘lishi mumkin, balki bu yolg‘ondir. Shunday bo‘lsa-da, bu holat menga qattiq ta’sir ko‘rsatdi.
Nargiza Salmonova, aktrisa
Izoh (0)