Uch yil avval to‘ng‘ich qizini uzatgan O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ikkinchi farzandiga to‘y boshladi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda. San’atkorga yaqin manbaning ma’lum qilishicha, to‘y joriy yilning 22-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Ozodbek Nazarbekovning ikkinchi qizi Laylo bu yil 19 yoshni qarshi oladi. Xonanda o‘zining intervyularidani birida qizi hech kimga o‘xshamasligini, judayam og‘ir va bosiq ekanligini aytib o‘tgandi.
Eslatib o‘tamiz, Ozodbek Nazarbekovning qizi Robiya 2014-yilning avgust oyida sinfdoshi Sardorbekka turmushga chiqqandi.
Izoh (0)