Venesuela hukumati kuchli yog‘ingarchilik va toshqinlardan jabr ko‘rgan Peruga 70 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami yubordi.
Oziq-ovqat, suv, matraslar va dori-darmon vositalaridan iborat yuk ikkita samolyotda Peruga yetkaziladi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
“Oziq-ovqat va kerakli materiallardan tashqari, biz peruliklarga o‘z g‘amxo‘rligimizni-da yo‘llaymiz”, — deb bayonot bergan Venesuela ichki ishlar, adliya va tinchlik masalalari bo‘yicha vaziri Nestor Reverol.
Peruda 2016-yil dekabr oyidan hozirgacha yuz bergan tabiiy ofatlar oqibatida 80 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, 11 mingdan ortiq kishi boshpanasiz qolgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)