Somalilik qaroqchilar boshqa kattaroq kemalarga hujum qilishda foydalanish uchun Somaliga tegishli kichikroq kemani egallab oldi. Bu haqda Somali politsiyasiga asoslanib Reuters agentligi xabar bermoqda.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, kema bortida bo‘lgan ekipajning o‘n a’zosi qirg‘oqda tushirib qoldirilgan.
Somali shimolidagi Eyl qishlog‘i ahli bir guruh qishloqdoshlari kema izlab, dengizga chiqib ketganini va hujumga uchragan kemani aynan ular egallab olgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
Politsiya vakillarining qayd etishicha, kema uni egallab olgan qaroqchilar bilan birga bedarak yo‘qolgan. Kema bortida oshpaz, kapitan va muhandis qolgani aytilmoqda.
Avvalroq, somalilik dengiz qaroqchilari 2017-yilning mart oyi boshida 2012-yildan beri birinchi marta tijoriy kemani egallab olgani — Shri-Lanka neft tankeri qaroqchilar hujumiga uchragani ma’lum bo‘lgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)