Fransiya prezidentligiga nomzod Fransua Fiyon livanlik tadbirkor Fuad Mahzumiyning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvini 50 ming dollar evaziga tashkillashtirganini inkor etdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
“Bu qip-qizil bo‘hton. Ma’lumotlar haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi”, — deya ma’lum qildi prezidentlikka nomzod.
Shu bilan birga, Fiyon Mahzumiy bilan 50 ming dollarga teng shartnoma tuzganini tasdiqladi.
“Mazkur mablag‘ faqat konsalting xizmati uchun olingan. Bu to‘la-to‘kis qonuniy professional faoliyat”, — deya ta’kidladi Fiyon. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)