“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi 4-aprel kuni Toshkentdan Dushanbega birinchi reysni amalga oshirishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Milliy aviakompaniyaning 26-martdan ishga tushadigan uchish jadvaliga muvofiq reyslar A320 samolyotlarida seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
Aviakompaniya bronlash xizmatining nashrga ma’lum qilishicha, chiptalar allaqachon sotuvga chiqqan. O‘zbekiston poytaxtidan parvoz tonggi 7:20 ga belgilangan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)