O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Orol dengizi bilan bog‘liq vaziyatni muhokama etdi. Bu haqda “Kazinform” xabar bermoqda.
Muzokaralarda suv—energetika kompleksi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Markaziy Osiyo transchegaraviy daryolari suv resurslari umumiy boylik ekanligini yana bir bor tasdiqladik. Mintaqamizdagi barqarorlik, farovonlik, mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, millionlab kishilar taqdiri ulardan nechog‘li oqilona foydalanishga bog‘liq. Qo‘shnilarimizning suvdan foydalanish istagini juda yaxshi tushunamiz, bunda ishtirok etishga ham tayyormiz. Biroq bu mazkur daryolarning quyi qismidagi boshqa davlatlar zarari hisobiga bo‘lmasligi lozim.Qozog‘iston prezidenti Orol dengizi muammosiga alohida to‘xtalib o‘tdi.Nursulton Nazarboyev, Qozog‘iston prezidenti
Biz Orol dengizi atrofidagi vaziyatni muhokama etdik va yana bir bor Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi muammo yechimini topish, davlatlarimiz o‘rtasida bu boradagi aloqalarda asosiy platforma ekanligi haqida yakdil fikrga keldik.Nursulton Nazarboyev, Qozog‘iston prezidenti
Izoh (0)