KXDRda 22-mart kuni ertalab o‘tkazilgan raketa sinovi muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Bu haqda Koreya Respublikasi milliy mudofaa vazirligi vakili ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Janubiy Koreya hukumati vaziyatdan xabardor”, — dedi u Yaponiyaning Kyodo agentligi birinchi bo‘lib tarqatgan raketa sinovi haqidagi xabarni izohlar ekan. “Hozircha ma’lum bo‘lgani shuki, raketa parvozi muvaffaqiyatsiz bo‘lgan”, — deya qo‘shib qo‘ydi ofitser.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mudofaa vazirligi razvedka ma’lumotlarini tekshirishda va tahlil qilishda davom etmoqda.
Avvalroq Kyodo agentligi Yaponiya hukumatidagi manbalariga tayanib, KXDR mamlakat sharqidagi Vonsan shahri hududidan raketa uchirgani haqida xabar bergan edi. Raketalar soni va ularning turlari haqida ma’lumot berilmayapti.
Izoh (0)