Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida noma’lum haydovchi yo‘lni velosipedda kesib o‘tayotgan shu tumanda yashovchi fuqaroni urib yuborib, hodisa joyidan yashirindi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qarovsiz qoldirilgan fuqaro tan jarohati olib, kasalxonada vafot etdi.
Olib borilgan qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida yo‘l-transport hodisasini G‘uzor tumanida yashovchi A.J. o‘ziga tegishli “VAZ-2107” rusumli avtomobilini boshqarayotib sodir etganligi aniqlandi va qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)