Qohiradan topilgan 8 metrlik haykal Ramzes II ga emas, boshqa fir’avnga tegishli. Bu haqda Misr qadimiy ashyolar vaziri Xolid al-Ananiy ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Vazirga ko‘ra, topilmada aniqlangan iyerogliflar haykal fir’avnlarning 26-sulolasiga mansub Psammetix I sharafiga tiklanganini ko‘rsatmoqda. Fir’avn shaxsini aniq belgilash maqsadida yodgorlikni o‘rganish davom ettiriladi.
“Sais sulolasi” deb ham ataladigan va birinchi vakili 54 yil hukmronlik qilgan Psammetix I bo‘lgan sulola Ramzes II dan keyingi davrlarga mansub.
Tarixchilar mazkur sulola hukm surgan yillarni Misr tamaddunining so‘nggi mustaqil o‘sish davri sifatida baholaydi va bu davrni “Sais uyg‘onishi” deb ataydi.
Fir’avn Psammetix I nubiyaliklar, ossuriyaliklar va kohinlarning bir qismi hukmronligiga chek qo‘yib, davlatning avvalgi shon-shuhratini tiklagani bilan nom qozongan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)