“Bojalar” guruhi xonandalari bilan 2009-yilda sodir bo‘lgan mudhish hodisa oqibatida Mo‘min Oripov 25 yoshida hayotdan ko‘z yumgan edi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
“Mazkur noxush voqea 28-dan 29-iyunga o‘tar kechasi Surxondaryo viloyatida yuz bergan. Bugun u tirik bo‘lganida 33 yoshni qarshi olgan bo‘lardi... U oramizda yo‘qligiga ham 8 yil bo‘libdi”, — deyiladi xabarda.
Ushbu sana munosabati bilan Kamola Oripova turmush o‘rtog‘ini yodga oldi:
“2005-yil fevral oylari edi. ‘Bojalar’ guruhi kuniga ikkita seansdan Toshkent shahar IIBBning zalida do‘stlari bilan birgalikda konsert berishgandi. Do‘stlari orasida Shohruxxon, McShod, mr.Jocker va ‘Afruz’ guruhi bor edi. Har kuni ularni ko‘rishga borar edim, lekin hali Mo‘min akam bilan oramizda faqat do‘stlik edi. Tushlik olib borardim. Konsert tugasa sahna orqasiga chaqirib olar edilar, juda ham samimiy inson edilar... Hayotimdagi eng baxtli damlarimni hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi, bu damlar esa Mo‘min akam bilan bog‘liq. Oxiratlari obod bo‘lsin...”
Izoh (0)