Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker Buyuk Britaniya Yevroittifoqqa qaytishiga umid bildirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Menga Brexit yoqmaydi, chunki britaniyaliklar bilan bir qayiqda bo‘lishni istardim”, — deya ta’kidladi Yevrokomissiya rahbari.
Yunker Buyuk Britaniyaning tuzilmadan chiqishi Yevroittifoq tugashi yoki erishilgan muvaffaqiyatlar chippakka chiqishini anglatmasligini bildirdi.
“Britaniyaliklar yana bizning qayiqqa qaytadigan kun keladi, bunga ishonaman”, — deb qo‘shimcha qildi Jan-Klod Yunker.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)