Suriya Tashqi ishlar vazirligi BMT bosh kotibi va Xavfsizlik kengashi raisiga “turk qo‘shinlarining mamlakat suverenitetiga xuruji” davom etayotganiga e’tibor qaratish so‘ralgan murojaat yo‘lladi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
“Suriya hukumati BMT Xavfsizlik kengashidan Turkiyaning tajovuzkor harakatlarini to‘xtatish va mintaqada xavfsizlik hamda baraqarorlikni saqlashni talab etadi. Turk qurolli tuzilmalarini bosqinchi qo‘shinlar deb hisoblaymiz. Anqara o‘n minglab tinch aholi qurbon bo‘lishi, iqtisodiy infratuzilma vayron etilishiga olib kelgan terrorchilarni qo‘llab-quvvatlash harakatlari uchun bevosita javobgar sanaladi”, — deyiladi murojaatda.
Mamlakat TIV bayonoti turk qo‘shinlari Manbij shahri g‘arbida suriyalik harbiy xizmatchilar marralarini o‘qqa tutganidan so‘ng berildi. Mazkur hujum oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar borligi bildirilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)