Dunyo 1945-yildan beri eng yirik gumanitar inqirozni boshidan kechirmoqda: Yaman, Janubiy Sudan, Somali va Nigeriyada 20 milliondan ortiq odam ocharchilikdan aziyat chekmoqda.
Bu haqda BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Stiven O’Brain ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Kommersant.ru”.
BMT bosh kotibi o‘rinbosari mazkur davlatlardagi muhtojlarga zarur yordam ko‘rsatish uchun iyul oyigacha kamida 4,4 milliard dollar ajratish zarurligini bildirdi.
Avvalroq Afrika sharqidagi ocharchilik muammosini BMT rahbari Antoniu Guterrish ko‘targan edi.
Bosh kotib tashkilotga a’zo davlatlardan bu maqsadlar uchun kamida 4,4 milliard dollar olish zarurligini ta’kidlagan, shu bilan birga, aslida 5,6 milliard ajratilishini maqsadga muvofiqligini aytgan edi.
Antoniu Guterrish BMTga a’zo davlatlar tomonidan to‘lanayotgan badallar hajmi kamligini aytib, xalqaro tashkilot boshqaruvida islohotlar o‘tkazish lozimligini bildirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq a’zolik badallarini to‘lamagan 6 mamlakat BMT Bosh assambleyasida ovoz berish huquqidan mahrum etilgani haqida xabar berilgandi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)