O‘zbekistonda 2017-yil 1-oktabrdan amalga kiritiladigan haydovchilik guvohnomasida haydovchi tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar qayd etiladigan talon bo‘lmaydi, aksincha, barcha qoidabuzarliklar elektron ma’lumotlar bazasida saqlanadi.
Bu haqda Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan ma’lum qilindi.
Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi plastik kartochka ko‘rinishida bo‘lib, haydovchi tomonidan qoidabuzarlik sodir etilgan taqdirda yo‘l nazoratchisi tomonidan ushbu qoidabuzarlik elektron usulda qayd etiladi.
Bunda yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga qoidabuzarliklarni qayd etish uchun maxsus elektron qurilmani amalga kiritish ko‘zda tutilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)