Toshkentning 115 ta chorrahasiga o‘rnatilgan kameralar birinchi bosqichda ikki turdagi: svetoforning qizil chirog‘idan o‘tib ketish va ruxsat etilgan tezlikni oshirish qoidabuzarliklarini qayd etadi.
“Gazeta.uz” xabariga ko‘ra, bu haqda 9-mart, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi “Kompyuter markazi” bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Shuhrat Muratov ma’lum qildi.
Avvalroq jarimalarni jo‘natish 15-martdan boshlanishi xabar qilingan edi. Xabar berishlaricha, sinov sifatida ko‘rilayotgan dastlabki bosqich uch-to‘rt oy davom etadi.
“Kvitansiyalar avtomobillar haydovchilariga avtomatlashtirilgan tartibda pochta orqali yuboriladi. Inson omili, ya’ni tuzatishlar, qo‘shimchalar bo‘lmaydi”, — dedi u.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)