Nukus shahrida avtobus va yo‘nalishli taksilar uchun jetonlar avval xabar qilinganidek 1-martdan emas, balki 3-martdan boshlab sotuvga chiqdi. Bu haqda “Kruz.uz” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, Nukusdagi Dehqon bozori avtoturargohida jetonlar sotuvi yo‘lga qo‘yilgan. Har bir yo‘lovchi plastik karta orqali 20 ta jeton olishi mumkin. Jetonlarning donasi 800 so‘mdan sotilmoqda.
Yo‘nalishli taksilar uchun chiqarilgan jetonlar kulrang bo‘lib, uning old tomonida Damas’ning, orqa tarafida esa Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston san’at muzeyining surati aks etgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)