Tailandda maktab avtobusi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Bundan tashqari, YTH oqibatida o‘nlab yo‘lovchi turli darajada jarohatlandi.
Mahalliy politsiyaning ma’lum qilishicha, haydovchi past-baland yo‘lda boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda avtobus yuqori tezlikda yo‘l chetiga chiqib ketgan va 20 metrlik jarlik tubiga qulagan. Transport vositasida 40 nafardan ortiq yo‘lovchi — katta sinf o‘quvchilari va ularning o‘qituvchilari bo‘lgan.
Halok bo‘lganlar orasida ikki nafar o‘quvchi va to‘rt nafar o‘qituvchi bor. Transport vositasini ehtiyotsizlik bilan boshqargan haydovchi voqea joyidan yashiringan.
Izoh (0)