Amerika razvedka xizmatlarining ma’lumotlariga ko‘ra, IShID terrorchilik tashkiloti yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy Iroq cho‘llarida yashirinishi mumkin. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, Bag‘dodiy Mosul ostonasidagi janglar vaqtida aloqaga chiqmagan, bu holat jangovar harakatlarga rahbarlik qilish bo‘yicha vakolatlar bevosita dala qo‘mondonlariga topshirilganini bildirishi mumkin.
Ayni vaqtda, uning o‘zi xavfsiz joyga ko‘chgan bo‘lishi ehtimoli yo‘q emas.
Qayd etishlaricha, Bag‘dodiy uning qayerda ekanini aniqlashga imkon beruvchi aloqa vositalaridan foydalanmagan holda, o‘zi turgan joyni har kuni bir necha bor o‘zgartirishi mumkin.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)