Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir bo‘linmasining Arxeologiya va etnografiya instituti hamda Novosibirsk davlat universiteti olimlari Qirg‘izistonda aniqlagan topilmalar qadimiy odam Markaziy Osiyoda 20 ming yil avval yashaganini ko‘rsatdi, deb yozadi “TASS”.
“Biz Qirg‘izistondagi Obishir-5 arxeologik yodgorligining beshta madaniy qatlamlarini o‘rganib chiqdik. Eng qadimiy qatlam taxminan 20 ming yil avvalgi davrga taalluqli bo‘lishi mumkin. Bu shuni bildiradiki, odamlar manzilgohdan 20 ming yil avval foydalangan, ammo bungacha qadimiy odamlar bu yerda 10 ming yil avvalgina yashay boshlagan, deb hisoblanilardi”, — dedi tadqiqot muallifi Svetlana Shnayder.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ekspeditsiya ishtirokchilari bor-yo‘g‘i to‘rt kvadrat metr maydonda 5 mingta artefakt topishga muvaffaq bo‘lgan. Topilmalar tosh qurollar tayyorlashning turli texnologiyalaridan foydalanilganidan darak beradi.
Izoh (0)