Fransiya prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Fransua Fiyon France 2 efirida nomzodini saylovlardan qaytarib olmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Hech kim saylovlarda ishtirok etishimga qarshilik qilolmaydi. Nomzodimni qaytarib olish uchun sabablarni ko‘rmayapman”, — deya ta’kidlagan Fiyon.
Fransua Fiyon, shuningdek, demokratik yo‘l bilan nomzod sifatida tanlab olinganini eslatib, partiyadagi safdoshlarini saylovoldi loyihasi muvaffaqiyatli ekanligiga ishontira olishiga umid bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Fransua Fiyon va uning turmush o‘rtog‘i Penelopaning uyida Fransiya prezidentligiga nomzodga nisbatan “davlat mablag‘larini talon-taroj etish” va “jamoat mulkini suiiste’mol qilish” yuzasidan ochilgan ish doirasida tintuv o‘tkazilgandi.
Izoh (0)