Fransiyaning Kale shahri meri Natasha Bushar ko‘ngillarga noqonuniy muhojirlarga yegulik tarqatishni taqiqlab qo‘yishga qaror qildi, deb yozadi “Kommersant”.
Figaro nashri ma’lumotlariga ko‘ra, mer shaharda yangi muhojirlar lageri paydo bo‘lishidan xavfsiramoqda. “Biz boshimizdan o‘tgan narsani yana bir bora boshdan kechirishni istamayman: biz bundan jiddiy jabr ko‘rdik”, — dedi Bushar xonim.
Nashr eslatishicha, o‘tgan yili Kaleda noqonuniy muhojirlar lageri buzilgach, qochoqlar Parijga ko‘chib o‘ta boshlagandi. U yerda hukumat muhojirlarni qabul qilish uchun alohida binoni jihozlashni buyurgandi. Shu bilan birga, yangi markaz bor-yo‘g‘i 400 kishiga mo‘ljallangani uchun, odamlar oqimiga dosh berolmasligi ma’lum qilingandi.
Izoh (0)