Qalbaki dizaynerlik liboslari va yuzlab juft poyafzal Abu-Dabidagi kam ta’minlangan oilalarga tarqatildi. Bu haqda UAE Inside xabar bermoqda.
Oilalarga tonnalab soxta kosmetika, elektronika va tamaki mahsulotlari qatori musodara etilgan jami 885 libos va 780 juft poyafzal berildi.
Musodara etilgan qalbaki mahsulotlarning umumiy qiymati 22,4 million dirhamni (6 million dollar atrofida) tashkil etdi.
Mazkur mahsulotlar o‘tgan yil davomida uyushtirilgan 60 reyd davomida musodara etildi. Ularning aksariyati yo‘q qilindi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!