Ko‘pchiligimizda ba’zan transportlar chayqalishi natijasida ko‘ngil behuzur bo‘lish hollari yuz beradi.
Bunday nuqsonga har xil yoshdagi va jinsdagi ko‘plab kishilar duchor bo‘lishadi. Inson vestibulyar organi barqarorligi bolalikdan shakllana boshlaydi. Bunda albatta, genetik moyillik ham katta ahamiyatga egadir.
Ba’zi taxminlarga ko‘ra, tanani bolalikdan chiniqtirish va ma’lum zo‘riqishlarga o‘rgatish katta yoshga yetganda bunday qiyinchiliklarni oson yengishga yordam berishi mumkin ekan.
Bunday hollarda dori-darmonlardan ko‘ra oddiy xalqona usullar, masalan yalpizli konfet yoki limon tilimidan foydalanish mumkin. Bu usul biroz bo‘lsa-da organizmni yoqimsiz holatdan chalg‘itadi.
Agar imkoniyat bo‘lsa, noxush holat o‘tib ketguncha yoyilgan o‘tirg‘ichda yotish ham samarali natija berishi mumkin.
Izoh (0)