Xitoy iqtisodiyotining rejali xususiyati ba’zan mamlakatda hech kimga kerak bo‘lmagan savdo markazlari, mitti tumanlar va hatto butun bir shaharlar (ular matbuotda arvoh shaharlar deb ataladi) qurilishiga olib keladi, deb yozadi Meduza. The Wall Street Journal yana bir “arvoh” inshoot turini aniqladi: 2016-yil dekabrida Xitoyda 230 million dollarga qurilgan va haftasiga atigi uchta reysni qabul qiladigan aeroport ochildi.
Sanyuan-Va muxtor uyezdi — Myanma bilan chegaradagi va elati yashaydigan kichik hudud. Uyezd fuqarolari uyezd joylashgan provinsiya — Yunnan poytaxti Kunmin shahriga borish uchun avtobusda to‘qqiz soat yurishiga to‘g‘ri kelardi. Endi esa ular hukumat 230 million dollarga qurib bergan aeroportdan samolyotda u yerga 45 daqiqada uchib borishi mumkin.
Muammo shundaki, uyezdning ko‘pchilik fuqarolari uchun Kunminga borishning keragi yo‘q. Natijada aeroport haftasiga uchta bortni qabul qiladi.
Reja bo‘yicha yangi aeroport yiliga 270 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi kerak. Bu samolyotlardan hech bo‘lmasa bittasi bu yerga har kuni qo‘nishni boshlasagina amalga oshishi mumkin. Hukumat hududga sayyohlarni jalb etish orqali bunga erishishni o‘ylamoqda — bu esa, o‘z navbatida, yangi aeroportsiz amalga oshmaydi.
Izoh (0)