“Oskar” mukofoti bilan taqdirlash marosimida boshlovchilik qilgan komik Jimmi Kimmel Twitter’dagi sahifasi orqali AQSh prezidenti Donald Trampga xabar yozdi.
“Taqdirlash marosimi ikki soatdan ortiq davom etmoqda, Donald Tramp esa hali biz haqimizda yozmadi. Men undan xavotirdaman”, — dedi boshlovchi.
Shundan so‘ng Kimmel “Hoy, Donald Tramp, uyg‘oqmisan?”, deb yozdi.
Avvalroq prezidentning matbuot kotibi Tramp marosimni ko‘rish-ko‘rmasligi haqidagi savolga javob berishdan bosh tortgan edi. U davlat rahbari 26-fevral, yakshanba kuni Oq uyda gubernatorlar uchun tadbir uyushtirayotganligini eslatib o‘tgandi.
Izoh (0)