Afg‘onistonning Qunduz viloyatida “Tolibon” harakati yetakchilaridan biri o‘ldirildi. Bu haqda viloyat gubernatori ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Operatsiya 26-fevral, yakshanba kuni amalga oshirildi.
“Razvedka ma’lumotlariga tayanib, toliblar istehkomiga uchuvchisiz uchish qurilmasi yordamida zarba berildi. Hujum natijasida jangarilarning Qunduz viloyatidagi yetakchisi mulla Abdul Salom va uning ikki sherigi yo‘q qilindi”, — deya ta’kidladi gubernator.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)