Meksika hukumati AQSh tomonidan chegara solig‘i joriy etilishini javobsiz qoldirmaydi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Luis Videgaray ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.
Javob AQShdan keladigan barcha mahsulotlar uchun umumiy soliqning joriy etilishidan iborat bo‘lmasa kerak, chunki bu mahalliy iste’molchiga zarar keltiradi. Biz choralarni tanlab amalga oshirishimiz mumkin.Shu bilan birga, vazir Vashington chegara solig‘ini joriy etsa, mamlakat o‘zining soliq siyosatini qayta ko‘rib chiqishi va korporatsiyalar uchun soliqlarni kamaytirishi mumkinligini bildirdi.Luis Videgaray, Meksika tashqi ishlar vaziri
Agar mazkur soliq islohoti amalga oshirilsa va bundan Meksika zarar ko‘rsa, biz o‘z harakatlarimizni yo‘lga qo‘yishga tayyor turishimiz talab etiladi.“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!Luis Videgaray, Meksika tashqi ishlar vaziri
Izoh (0)