Sharqiy Qozog‘istonda qutqaruvchilar xususiy shaxsga tegishli g‘oyib bo‘lgan S-341 vertolyotini qidirmoqda. Bu haqda Qozog‘iston IIV favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi rasmiy vakili Ruslan Imankulov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Vertolyot Urjar tumanining Koja qishlog‘idan 25-fevral, shanba kuni kechki payt parvoz qilgan va Ayagoz tumanidagi Akshatau qishlog‘iga yoqilg‘i to‘ldirib olish uchun qo‘nishi lozim edi. Guvohlar vertolyot Aygiz qishlog‘i ustidan uchib o‘tganini ko‘rgan. Biroq vertolyot belgilangan manzilga yetib bormagan va uchuvchi ham aloqaga chiqmagan.Rasmiy vakilga ko‘ra, yo‘qolgan vertolyot bortida 3 kishi — ikki yo‘lovchi va uchuvchi bo‘lgan.Ruslan Imankulov, Qozog‘iston IIV favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi rasmiy vakili
Aygiz va Akshatau qishloqlari o‘rtasidagi masofa 100 kilometr atrofida ekanligi bildirilmoqda. Qidiruv operatsiyasida 4 ta texnika, 30 nafarga yaqin qutqaruvchi ishtirok etmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)