Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari AQSh vitse-prezidenti Maykl Pensning Twitter’dagi sahifasida Isroil qo‘llab-quvvatlanishi haqidagi xabarga Nikaragua bayrog‘i qo‘yilganiga e’tibor qaratdi. Bu haqda “RIA Novosti” ma’lum qildi.
Yahudiy xalqini qo‘llab-quvvatlashimiz mamlakatimiz chegarasi bilan yakunlanib qolmaydi. Tramp davrida dunyo Amerika Isroil tomonidan ekanligiga ishonch hosil qiladi.Maykl Pens, AQSh vitse-prezidenti
Foydalanuvchilarning izohlaridan so‘ng tvitdagi xato bartaraf etildi. Isroil va Nikaragua bayroqlarini Pensning yordamchisi adashtirib qo‘ygani bildirilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)