AQSh ma’muriyati mamlakatning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi tarkibidan chiqishi masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Politico nashri manbalari — AQSh ma’muriyatining sobiq va amaldagi xodimlari — Oq uy kengash samaradorligiga, shuningdek, Amerikaning shafqatsiz tuzumlar hukm surayotgan davlatlar vakillari bilan birga tuzilmada bo‘lishi zaruratiga shubha bildirganini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, ma’muriyat navbatdagi sessiyasi 27-fevral, dushanba kuni ochiladigan kengashni zudlik bilan tark etishni muhokama qilayotgani yo‘q.
Kengashda a’zolik bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinishi prezident Donald Tramp, Davlat kotibi Reks Tillerson va AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyliga bog‘liq ekani bildirilmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)