Fransiyaning Nant shahrida “Milliy front” yetakchisi Marin Le Penning saylovoldi mitingiga qarshi norozilik aksiyasi davomida kamida 13 nafar huquq-tartibot xodimi jabrlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Nantda ‘Milliy front’ga qarshi namoyishlar yakuni: 13 politsiyachi va jandarm jarohat oldi”, — deyiladi mahalliy politsiyaning Twitter’dagi sahifasida joylashtirilgan xabarda.
25-fevral, shanba kuni bo‘lib o‘tgan namoyishlarning asosiy qismi tinch o‘tdi. Biroq aksiya yakunida uning ayrim qatnashchilari huquq-tartibot xodimlariga toshlar, alangalanuvchi suyuqlik solingan shishalar uloqtirdi. Shuningdek, banklar bo‘limlari, do‘konlar talon-taroj qilindi, bekatlarning oynavand devorlari sindirildi.
700 nafar politsiyachi va jandarm safarbar etilgan tartibsizliklarni bartaraf etish 5 soatdan ko‘proq vaqt oldi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)