Boeing Yevropada o‘zining birinchi korxonasini ochadi. Bu haqda “Kommersant.ru” ma’lum qildi.
Bloomberg manbalariga ko‘ra, 20 million funt sterling (25 million dollar) qiymatidagi zavod Buyuk Britaniyaning Sheffild shahrida joylashadi.
Korxonada Boeing 737 va 777 laynerlari uchun detallar ishlab chiqariladi. Dastlab zavodda 30 kishi mehnat qilishi ko‘zda tutilgan, 2018-yildan so‘ng ularning soni ortishi kutilmoqda.
Boeing mutasaddilariga ko‘ra, Buyuk Britaniya hududida ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi xarajatlarni kamaytirish va sifat ustidan nazoratni yaxshilashga xizmat qiladi.
Aviakonsern Brexit’dan so‘ng mamlakatda korxonalarini joylashtirishga qaror qilgan qator yirik kompaniyalar safiga qo‘shildi.
Avvalroq Sheffildda zavod qurilishi haqida sportkarlar ishlab chiqaruvchi McLaren kompaniyasi ma’lum qilgan edi. Uelsda esa Airbus samolyot qanotlarini yig‘uvchi korxona ochdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)