AQSh va Kanada kinoteatrlarida prezident Donald Trampning siyosatidan norozilik sifatida “1984” filmi namoyish etiladi. Mazkur aksiyaga salkam 90 ta kinoteatr qo‘shildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Film Jorj Oruellning shu nomli romani asosida rejissor Maykl Redford tomonidan 1984-yilda suratga olingan bo‘lib, undagi bosh rollarni Jon Xyort, Richard Berton, Syuzanna Xemilton va Siril Kyusak ijro etgan.
Namoyish 4-aprelga mo‘ljallangan. Aksiya tashkilotchilariga ko‘ra, Oruell tomonidan tasvirlagan va filmda gavdalantirilgan kerakli dalillarni to‘qib chiqaradigan, o‘ziga to‘liq bo‘ysunishni talab qiladigan, xorijdagi dushmanlar bilan cho‘chitadigan hukumat siymosi ayni paytda o‘ta dolzarb ahamiyatga ega.
Oldinroq Brodveydagi teatrlar ham “1984” romani asosidagi spektaklni namoyish etishi bildirilgandi.
Izoh (0)