“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi matbuot xizmati 20-fevralga belgilangan “Dushanbe—Toshkent” reysining amalga oshirilmagani yuzasidan “Kun” nashriga izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, reys Tojikiston tomoni “tegishli rasmiyatchilik ishlarini bajarmagani, zarur hujjatlarni jo‘natmagani” uchun amalga oshmay qolgan. Ayni vaqtda, O‘zbekiston aviakompaniyasi reys Toshkent tomonidan “asossiz ravishda taqiqlab qo‘ygani” haqidagi xabarlarni inkor etgan.
Mavzuga doir: “O‘zbekiston havo yo‘llari”: Somon Air tegishli hujjatlarni jo‘natmagani uchun “Dushanbe—Toshkent” reysi amalga oshmadi
20-fevral kuni “Dushanbe—Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab birinchi muntazam aviaqatnov amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi, biroq Somon Air bu reysni bekor qildi.
Avvalroq, 10-fevral kuni Somon Air Toshkentga texnik reysni amalga oshirgan, bu ikki mamlakat o‘rtasida so‘nggi 25 yilda amalga oshirilgan ilk aviaqatnov sifatida e’tirof etilgan edi.Mavzuga doir: Tojikiston aviakompaniyasi O‘zbekistonga 1992-yildan buyon ilk texnik reysni amalga oshirdi
Izoh (0)