O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 22-fevralga qadar qor ko‘chishi xavfi mavjud. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Ayni vaqtda, O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi 19-fevral kuni soat 5:00 dan boshlab Qamchiq dovonidagi avtomobil yo‘li bo‘ylab qor ko‘chishi xavfini e’lon qilgan.
O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham 22-fevralga qadar ko‘chki va sel xavfi saqlanib qolishi aytilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)