BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Shveysariyaning taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Tomonlar BMTning “Orolboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojiasidan zarar koʻrgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash” yangi qo‘shma loyihasi doirasida suv bilan ta’minlash loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida kelishib oldi.
Mazkur kelishuvdan ko‘zda tutilgan maqsad suv sohasida Shveysariya to‘plagan tajribadan kelib chiqib, Qoraqalpog‘istonda birgalikda faoliyat yuritish hisoblanadi.
Jumladan, ushbu faoliyat infrastrukturani takomillashtirish, irrigatsiya va ichimlik suvi ta’minoti sohasidagi salohiyatni oshirishni o‘z ichiga oladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)