Toshkentdagi tibbiyot markazlari bosh shifokorlari, shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi, shahar diagnostika markazi va tumanlar tibbiyot birlashmalari rahbariyati shahar hokimi tomonidan tayinlanadi. Bu haqda, Toshkent xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Farida Abdurahimovaga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Toshkent xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Farida Abdurahimovaning qayd etishicha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-fevral kuni shu haqda qaror qabul qilgan. Avval tayinlash huquqi Sog‘liqni saqlash vazirligiga tegishli edi.
Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonovning 17-fevraldagi qarorida bir joyda 10 yildan ortiq faoliyat olib borgan rahbarlarni rotatsiya qilish mexanizmini tatbiq etish ko‘zda tutilgan.
“Hujjat bilan tibbiyot muassasalari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish ham rejalashtirilgan”, — deyiladi O‘zA axborotida.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)