Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakat harbiylarining Suriyadagi maqsadi nafaqat Al-Bob shahri, balki chegara hududlari, jumladan, Rakkani ham IShID jangarilaridan ozod qilish ekanligini bildirdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Shuningdek, Erdo‘g‘on mazkur masalani Moskva va Vashington bilan muhokama qilganini ta’kidladi.
Uning aytishicha, Anqara Suriyadan migratsiyaning oldini olish va Turkiyaga qochib o‘tganlarga uyga qaytishga imkon berish uchun infrastrukturani tiklash ishlarini olib borishga tayyor.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)