Amerika maxsus xizmatlari AQSh prezidenti Donald Trampga qarshi obro‘sizlantiruvchi materiallar tarkibida bo‘lgan ma’lumotlarning bir qismining isbotiga ega bo‘ldi, deb yozadi “TASS‘. Bu haqda CNN telekompaniyasi AQSh razvedkasidagi manbalariga tayanib ma’lum qildi.
Telekanal axborotiga ko‘ra, olingan ma’lumot “odobdan tashqari ayblovlarga daxldor emas”. Bunda gap maxsus xizmatlar tomonidan yashirin tarzda tinglangan “Rossiyaning mansabdor shaxslari va oddiy fuqarolari o‘rtasidagi suhbatlar” haqida bormoqda. Ta’kidlanishicha, ushbu suhbatlar, go‘yoki, ma’ruzada tilga olingan ba’zi uchrashuvlar haqidagi faktni tasdiqlaydi.
CNN aniqlik kiritishicha, Amerika razvedkasi ma’ruzada aytib o‘tilgan rossiyaliklar haqiqatan ham bir-biri bilan muloqot qilganini isbotlagan, ammo ular aynan Trampni muhokama qilgani haqida dalillar keltira olmagan. Shu bilan birga, manbalar qayd etishicha, Rossiyaning ushbu fuqarolari “Hillari Klinton uchun zararli bo‘lgan va Trampga yordam beradigan axborotni to‘plashda qatnashgan”. Ularning so‘zlariga ko‘ra, amerikalik razvedkachilar baribir Rossiyada respublikachiga qarshi obro‘sizlantiruvchi materiallar bor yoki yo‘qligi haqida bir xulosaga kelmagan.
Oq uy rasmiy vakili Shon Spayser Trampga qaratilgan ayblovlarni yana butunlay rad etdi.
Izoh (0)