Meksika bilan chegarada devor qurilishi AQShga 21,6 milliard dollarga tushadi. Bu haqda Reuters ichki xavfsizlik vazirligi ma’ruzasiga tayanib ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Ta’kidlanishicha, 2 ming km uzunlikdagi chegara majmuasi devor va g‘ovlar tizimidan iborat bo‘ladi.
Chegara inshooti qurilishini 2021-yilgacha bitirish rejalashtirilmoqda.
Nashr eslatishicha, avvalroq AQSh milliy xavfsizlik kotibi Jon Kelli Meksika bilan chegaradagi devor yaqin ikki yil ichida qurib bitkazilishini aytgan edi.
Izoh (0)